Главная » 2022 » Декабрь » 3 » Angrenda sobiq hokim yordamchisi o‘z joniga qasd qildi
18:08

Angrenda sobiq hokim yordamchisi o‘z joniga qasd qildi


2-dekabr kuni soat taxminan 15:00 lar atrofida Toshkent viloyati Angren shahar Dukent qo‘rg‘onida yashovchi 1983-yilda tug‘ilgan 4 nafar farzandning otasi o‘zini otib qo‘ygan.

Ma’lum bo‘lishicha, u 2017-yildan buyon Ovchilik birlashmasiga qonuniy a’zo hisoblangan. Vaqtincha ishsiz bo‘lgan fuqaro o‘z uyida, o‘ziga tegishli bo‘lgan ov quroldan chap ko‘kragiga taqab 1 marotaba o‘q uzib, joniga qasd qilgan va voqea joyida vafot etgan.

Hodisa joyiga Angren shahar IIB boshlig‘i, Angren shahar prokurori va bir necha xodimlar yetib borib, vaziyatni o‘rganishgan.

Ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari davomida fuqaro Nazarov Behzod Jumaqulovich so‘nggi paytlarda Angren shahar Dorilfunun Mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi lavozimida ishlab, ishdan bo‘shaganligi aniqlangan.

Shuningdek, uning otasi vafot etganiga ko‘p bo‘lmaganligi sababli tushkun kayfiyatda yurganligi ma’lum bo‘lgan.

Surishtiruv ishlari davom etmoqda.


Manba: "Xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Angrenda, yordamchisi, hokim, o‘z, qasd, joniga, qildi, sobiq | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2023 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя