Главная » 2022 » Ноябрь » 8 » Qashqadaryo viloyatida bo‘lim va uchastka boshliqlari pora bilan ushlandi
18:54

Qashqadaryo viloyatida bo‘lim va uchastka boshliqlari pora bilan ushlandi


Qashqadaryo viloyatida bo‘lim va uchastka boshliqlari pora bilan ushlandi.  Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, viloyat qishloq xo‘jalik boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i M.A. va Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi Chiroqchi uchastkasi boshlig‘i S.A. fuqaro B.E.ga tanishlari orqali tumandagi “Ch.Ch.” fermer xo‘jaligi dala maydonidan davlat dasturiga kiritilgan quduqni qazib ishga tushirish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishini aytib, evaziga 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: bo‘lim, viloyatida, bilan, uchastka, Qashqadaryo, ushlandi, boshliqlari, VA, Pora | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя