Главная » 2022 » Ноябрь » 4 » Toshkentda advokat 5 ming dollar pora bilan ushlandi
20:02

Toshkentda advokat 5 ming dollar pora bilan ushlandi


Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkentda 5 ming dollar pora olayotgan advokat qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. 

Qayd etilishicha, DXX tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokatlik firmasi advokati o‘zining himoyasida bo‘lgan fuqaroni, tanishlari orqali jinoiy javobgarlikka tortmaslik evaziga 5 ming dollar olgan vaqtida ushlangan. Uning tanishiga Jinoyat Kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Namanganda o‘zini Davlat xavfsizlik xizmati xodimi sifatida tanishtirgan shaxs pora olayotganda ushlangani haqida xabar berilgandi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ming, ushlandi, Toshkentda, advokat, Dollar, Pora, bilan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя