Главная » 2022 » Ноябрь » 21 » Karmana tuman davlat soliq inspeksiyasi bosh inspektori pora bilan ushlandi
15:11

Karmana tuman davlat soliq inspeksiyasi bosh inspektori pora bilan ushlandi


Navoiy viloyati Karmana tuman davlat soliq inspeksiyasi bosh inspektori pora bilan ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Ushbu jarayon davomida, Karmana tuman DSI bosh inspektori A.Z. “S.” MChJ rahbari I.P.ga 10 000 AQSh dollari evaziga ushbu MChJga qarashli kafeda o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvi bo‘yicha moliyaviy jarima qo‘llamaslik va tekshiruv dalolatnomasini uning foydasiga ijobiy hal qilib berishini aytib, 9 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: davlat, bilan, inspektori, tuman, soliq, bosh, inspeksiyasi, Karmana, ushlandi, Pora | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя