Главная » 2023 » Январь » 10 » Toshkent byudjeti: qaysi sohaga qancha mablag‘ ajratiladi?
22:17

Toshkent byudjeti: qaysi sohaga qancha mablag‘ ajratiladi?


Toshkent shahrining 2023 yil uchun mahalliy byudjeti tasdiqlandi. 4 yanvar kuni shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning E-qaror portaliga joylashtirilgan “2023 yil uchun Toshkent shahar mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi poytaxtining umumiy byudjeti 6,414 trln so‘mga teng. Bu 2022 yilgi byudjetdan qariyb 2 trlnga ko‘p. 

Ushbu mablag‘lar sohalarga quyidagicha taqsimlangan. (So‘m hisobida, o‘tgan yilgi ajratilgan mablag‘lar qavs ichida berildi)

1.  Toshkent shahar hokimligi 2 trln 751 mlrd (1 trln 515 mlrd)

2.  Toshkent shahar Moliya bosh boshqarmasi 69 mlrd 933 mln (52 mlrd 932 mln)

3.  Iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi 5 mlrd 474 mln (5 mlrd 413 mln);

4.  Bandlik va mehnat munosabatlari bosh boshqarmasi 1 mlrd 906 mln (2 mlrd 221 mln);

5.  Obodonlashtirish bosh boshqarmasi 474 mlrd 720 mln (355 mlrd 433 mln);

6.  Xalq ta’limi bosh boshqarmasi 307 mlrd 372 mln (287 mlrd 951 mln); 

7.  Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi 1 trln 854 mlrd 229 mln (936 mlrd 622 mln);

8.  Madaniyat bosh boshqarmasi 73 mlrd 57 mlrd (64 mlrd 594 mln);

9.  Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi 44 mlrd 804 mln (60 mlrd 952 mln);

10.  Qurilish bosh boshqarmasi 2 mlrd 204 mln (2 mlrd 121 mln);

11.  Toshkent shahar Adliya boshqarmasi 3 mlrd 964 mln (6 mlrd 226 mlrd);

12.  Toshkent shahar Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi 3 mlrd 803 mln (3 mlrd 940 mln);

13.  Davlat arxivi boshqarmasi 2 mlrd 313 mln (1 mlrd 999 mln);

14.  Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmasi 19 mlrd 617 mln (11 mlrd 948 mln);

15.  G‘aznachilik boshqarmasi 10 mlrd 425 mln (5 mlrd 830 mln);

16.  Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi 135 mlrd 130 mln (842 mlrd 242 mln);

17.  Transport boshqarmasi 4 mlrd 456 mln (3 mlrd 956 mln);

18.  Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi 1 mlrd 44 mln;

19.  Toshkent shahar yuristlar markazi xarajati 3 mlrd 473 mln;

20.  Turizmni rivojlantirish boshqarmasi 2 mlrd 470 mln (4 mlrd 232 mln);

21.  O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmasi 2 mlrd 540 mln (2 mlrd 289 mln);

22.  Monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi 2 mlrd 488 mln (1 mlrd 741 mln);

23.  Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasini saqlash xarajatlari 93 mlrd 131 mln (2 mlrd 93 mln);

24.  Toshkent shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi 12 mlrd 134 mln (10 mlrd 800 mln);

25.  Cportni rivojlantirish boshqarmasi 48 mlrd 347 mln (31 mlrd 96 mln);

26.  Ekologiya va atrof muhitni himoya qilish boshqarmasi 5 mlrd 587 mln (4 mlrd 986 mln);

27.  Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi 36 mlrd 849  mln (710 mlrd 927 mln);

28.  Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi 2 mlrd 884 mln (2 mlrd 523 mln);

29.  Toshkent shahar saylov komissiyasi 68 mln (60 mln);

30.  O‘simliklar karantini inspeksiyasi 6 mlrd 914 mln (6 mlrd 187 mln);

31.  Davlat xizmatlari agentligi hududiy boshqarmasi (FHDYO) 3 mlrd 910 mln (3 mlrd 26 trln);

32.  Yoshlar agentligi hududiy bo‘linmasi 2 mlrd 896 mln (4 mlrd 988 mln);

33.  Kinematografiya agentligi Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi 219 mln;

34.  Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent shahar bo‘limi 2 mlrd 567 mln;

35.  Qutqaruv xizmati boshqarmasi 2 mlrd 828 mln;

36.  Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi 928 mln;

37.  Mudofaa boshqarmasi va bo‘limlari 14 mlrd 815 mln;

38.  Ichki ishlar boshqarmasi xarajatlari 42 mlrd 91 mln;

39.  Boshqa xarajatlar 224 mlrd 354 mln (183 mlrd 526 mln).

Shuningdek, mahalliy byudjetning Toshkent shahri va tumanlar o‘rtasidagi taqsimoti bo‘yicha, eng ko‘p mablag‘ Toshkent shahriga ajratilgan – 4 trln 429 mlrd so‘m.

53 mlrd so‘m miqdoridagi eng kam mablag‘ esa Bektemir tumaniga tegdi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: byudjeti, qancha, sohaga, Qaysi, mablag‘, toshkent, ajratiladi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя