Главная » 2022 » Октябрь » 26 » Sumkasida bomba borligini aytgan qiz 5 sutkaga qamaldi
12:16

Sumkasida bomba borligini aytgan qiz 5 sutkaga qamaldi


Toshkent metropolitenida sumkasida bomba borligini aytib hazillashgan qiz qamaldi.

2022-yil 24-oktyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 199-moddasida (maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan S.X.ga (2003-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan) oid ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqildi.

Ish hujjatlariga ko‘ra, S.X. 2022-yil 22-oktyabr kuni Toshkent metropolitenining “Alisher Navoiy” bekatida, metropolitenda xizmat qiluvchi ichki ishlar organlari xodimlariga sumkasida “bomba” bor, deb yolg‘on xabar bergan.

“Shu asnoda metro bekatida jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan mayda bezorilik sodir qilib, ichki ishlar organi xodimlari va maxsus xizmat xodimlarini qasddan aldab chaqirgan”, – deyiladi xabarda.

Sudning qaroriga ko‘ra, S. X. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 va 199-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan, deb topilib, unga ushbu kodeksning 34-moddasi tartibida uzil-kesil 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Qayd etilishicha, mazkur qaror ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) qonunchilikda belgilangan tartib va muddatda berilishi mumkinligi ma’lum qilinadi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: aytgan, Qiz, sutkaga, borligini, qamaldi, Sumkasida, Bomba | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя