Главная » 2022 » Октябрь » 13 » Samarqandda qabulidagi kelinga shilqimlik qilgan mulla 10 sutkaga qamaldi
11:33

Samarqandda qabulidagi kelinga shilqimlik qilgan mulla 10 sutkaga qamaldi


Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tuman sudida ayolga tegajog‘lik qilgan mullaning sud ishi ko‘rib chiqildi.

Bu haqda IIV Axborot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, kelin sog‘ligi yomonlashgani uchun qaynotasi mullani chaqirgan. Eskichilikdan so‘rab, kelinini davolashni so‘ragan.

Erkak alohida xonada u bilan yolg‘iz qoldirishlarini aytib hammani xonadan chiqarib yuborgan va bu orqali uydagi yovuz ruhlarni chiqarishni va’da bergan.

“O‘sha payt boshimda og‘riq bor edi. Har zamonda qo‘rqyapman, deb mullaga aytdim. Bu kishi meni o‘qidi. Ota-onamni oldida yaxshi muomala qilib o‘qidi. Uydagilar chiqib ketishganidan keyin qizim, jonim, asalim deb meni quchoqladi. Shunday qilib o‘qisa kerak deb o‘yladim. Keyin bemalol o‘pdi. Seni arab tili maktabiga kirgizaman va har kuni kechqurun uyimizga borasan. Buni qaynonang ham qaynotang ham xo‘jayining ham bilmasin deb aytdi mulla”, — dedi jabrlanuvchi ayol.

Keyinroq, mulla tegajog‘lik qilgani bo‘yicha kelin ichki ishlarga arz qilgan.

Biroq, sudlanuvchi inspektorning talabiga bo‘ysunmay tergovga kelishdan bosh tortgan.

Sud hukmiga ko‘ra, mulla MJtKning 183 va 194-moddalarning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topildi va unga MJtKning 183-moddasi bilan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi va 194-moddaning 1-qismi bilan BHMning 2 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Ma’lumot uchun, 47 yoshli mulla avval ham spirtli ichimlik iste’moli sabab ma’muriy javobgarlikka tortilgan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: kelinga, mulla, Samarqandda, 10, shilqimlik, qabulidagi, qilgan, sutkaga, qamaldi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя