Главная » 2023 » Январь » 9 » “Putinning ahvoli yaxshi emas, uni Isroil shifokorlari davolamoqda” — rossiyalik siyosatshunos
22:28

“Putinning ahvoli yaxshi emas, uni Isroil shifokorlari davolamoqda” — rossiyalik siyosatshunos


Rossiyalik siyosatshunos Olga Kurnosova Ukraina razvedkasiningg Rossiya prezidenti Vladimir Putin og‘ir xastaligi va tez orada vafot etishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlariga munosabat bildirdi. Bu haqda “UNIAN” xabar berdi.Siyosatshunosning so‘zlariga ko‘ra, Kreml bunday ma’lumotni tasdiqlamaydi, ammo Putining salomatligidagi muammolariga ishora qiluvchi qiziqarli faktlar mavjud.

“Aslida, Putinning kasalligi haqida rasmiy munosabat kutib bo‘lmaydi,, Peskov (Kreml matbuot kotibi) esa bundan mustasno. U bunday emasligini aytishda davom etadi. Kremlda Putinning Rojdestvo marosimida ishtirok etishi sifatida tarqatilgan kadrlarga e’tibor qaratish joiz”, — deydi Kurnosova.

U hozir Rossiya rahbari bilan aynan nima bo‘layotganiga baho berish qiyinligini aytgan. Biroq, Kurnosova Putin qanday davolanishi haqida ma’lumotlarga egaligini ma’lum qildi.

“Menimcha, Putin haqiqatan ham o‘zini yaxshi his qilmayapti. Ammo uni juda yaxshi davolashadi. Isroillik do‘stlarim menga aytganidek, Netanyaxuning Isroil bosh vaziri sifatida hokimiyatga qaytishi Putinning Isroil tibbiyoti bilan Netanyaxu ketganidan keyin buzilgan munosabatlarini yana bir bor tikladi. Putinning genetik kodini, DNKsini inobatga olgan holda unga maxsus dorilar tayyorlashadi, preparatlar juda qimmat, ularni faqat Isroilda tayyorlash mumkin. Putinning mazkur muolajadan foydalanish imkoniyati yana qaytdi”, — dedi Kurnosova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin vafotidan keyin Rossiya tranzitning og‘ir davriga duch keladi. Rossiya elitasi bunday vaziyatda qanday yo‘l tutishni oldindan kelishib olmagan.

“Shuning uchun Putin vafot etsa, bundan tezda xabar topamiz”, — deydi u.

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy urush Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning ehtimoliy o‘limidan keyin tugashini prognoz qilgandi. U urush Putinning kasallik yoki baxtsiz hodisa oqibatida vafot etishidan keyin tugashi mumkinligi, chunki uning rejimi avtoritar ekani, bunda ko‘p narsa bir kishiga bog‘liqligini aytgan.

Ukraina razvedkasi rahbari Kirill Budanov Putin saraton kasalligiga chalingani va tez orada vafot etishini ilgari surgan.

Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: siyosatshunos, ahvoli, Uni, shifokorlari, davolamoqda, Rossiya, yaxshi, emas, Putin, Isroil | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя