Главная » 2022 » Ноябрь » 29 » Belgiya terma jamoasida ichki muhit yaxshi emas
17:19

Belgiya terma jamoasida ichki muhit yaxshi emas


L’Equipe nashrinin xabar berishicha, Belgiya terma jamoasida ichki muhit yaxshi emas. Marokashga qarshi 2-0 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng jamoada yana kelishmovchiliklar kuchaygan.

Ma’lum bo‘lishicha, bir necha futbolchilar hatto o‘zaro bilan gaplashmaydi. Xususan, Kevin de Bruyne hamda Tibo Kurtua, Eden Azar hamda Leandro Trossard o‘rtasida sovuq munosabatlar bor.

Marokashga qarshi o‘yindan so‘ng, de Bruyne, Azar hamda Vertongen o‘rtasida tortishuv boshlangan. Romelu Lukaku ularni ajratib qolgan.

Ma’lumot uchun, JChning 2 turida Belgiya bir g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etdi. Belgiyaliklar guruhda 3-o‘rinni egallagan.

Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: muhit, terma, yaxshi, ichki, Belgiya, jamoasida, emas | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя