Главная » 2021 » Июнь » 5 » Putin Rossiya dollardan voz kechadimi degan savolga javob berdi
19:22

Putin Rossiya dollardan voz kechadimi degan savolga javob berdi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya AQSh dollaridan butunlay voz kechmoqchi emasligini aytdi, deb xabar bermoqda REGNUM.

«Agar dollar haqidagi gaplarimni biz undan zaxira valyuta yoki universal hisob-kitob vositasi sifatida voz kechishni istayapmiz, deb tushungan bo‘lsangiz, unday emas», — dedi Putin.

Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u AQSh hukumati dollardan sanksiyaviy chora sifatida foydalanayotgani haqida gapirgan. Masalan, Rossiya hamkorlari bilan harbiy-texnik sohada dollarda hisob-kitob qila olmaydi, chunki bunga nisbatan sanksiyalar joriy etilgan.

Shu bois Rossiya o‘zaro hisob-kitoblarda boshqa valyutalarga o‘tishga majbur.

«Amerikalik sheriklarimiz bizni bunga majbur qilyapti. Biz o‘z xohishimiz bilan emas, majburan shunday qilyapmiz», — dedi Putin.

Uning ta’kidlashicha, AQSh bu harakati bilan o‘ziga o‘zi zarar bermoqda, chunki dollarda hisob-kitob qilish ishonchli emas.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Rossiya, Voz, kechadimi, dollardan, Putin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя