Главная » 2023 » Июнь » 8 » Bosh vazirning o‘g‘lini o‘g‘irlaganlar uni nima qilgani ochiqlandi
17:13

Bosh vazirning o‘g‘lini o‘g‘irlaganlar uni nima qilgani ochiqlandi


Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanning o‘g‘li Ashot Pashinyanni o‘g‘irlaganlar uni Qorabog‘dagi mojaro chog‘ida halok bo‘lganlar dafn etilgan Yerablur yodgorlik majmuasiga majburan olib borishga uringan. Bu haqda kichik Pashinyanning o‘ziga tayanib, “Armenia Today” xabar berdi.

Aytilishicha, bugun, 5 iyun kuni Yerevanning umumiy yurisdiksiya shahar sudi Ashot Pashinyanning o‘g‘irlanishi bo‘yicha birinchi sud majlisini o‘tkazgan. Unda Qorabog‘da halok bo‘lgan harbiy xizmatchining onasi Gayane Akopyan ustidan qo‘zg‘atilgan ish ko‘rib chiqilgan. 

Ashot Pashinyanning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘rilar uning xohishiga qarshi uni Yerablurga olib ketmoqchi bo‘lgan. 

“Mashinaga o‘tirishdan oldin Yerablurga borish haqida gap-so‘z bo‘lmadi, u faqat mashinaga o‘tirib, gaplashishimni aytdi”, deydi Ashot Pashinyan.

Kichik Pashinyanning aniqlik kiritishicha, u Gayane Akopyandan nega uni o‘z xohishisiz Yerablurga olib ketayotganini so‘ragan. 

“Keyinroq gaplashish uchun menga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. Ammo hozir siz mening xohishimga qarshi, mendan so‘ramasdan turib, meni Yerablurga olib ketishingizni istamayman,” degan Ashot Gayane Akopyanga.

Biroq Akopyan Bosh vazirning o‘g‘liga mashinadan chiqishga ruxsat bermagan. Shunga qaramasdan, Pashinyan mashinadan sakrab tushishga muvaffaq bo‘lgan. Shundan so‘ng Bosh vazirning o‘g‘lini orqadan kuzatib kelayotgan boshqa bir mashina urib yuborgan. 

17 may kuni Tergov qo‘mitasi kichik Pashinyanning o‘g‘irlanishi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Ish bo‘yicha ayblanuvchi marhum harbiy xizmatchi Jora Martirosyan Akopyanning onasi Gayane Akopyan bo‘lib, u Armaniston Jinoyat kodeksining 191-moddasining 2-qismi 1-bandi (odamni yoki uning yaqin qarindoshini davlat yoki siyosiy faoliyati tufayli o‘g‘irlab ketish) bilan ayblanmoqda Ushbu modda bo‘yicha maksimal jazo sakkiz yil qamoq jazosi hisoblanadi. 20 may kuni sud Akopyanni hibsga olgan. Bugun, 5 iyun kuni esa Apellyatsiya sudi yangi ehtiyot chorasi sifatida uy qamog‘ini tanlab, uni hibsdan ozod qilishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 may kuni 2020 yil kuzida Qorabog‘ urushida halok bo‘lgan askarlarning ota-onalari tomonidan tuzilgan “O‘g‘illar chaqiruvi” jamoat tashkiloti a’zolari Ashot Pashinyanni o‘z uyi yonidagi hududdan o‘g‘irlab ketishga uringandi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: o‘g‘lini, Uni, qilgani, vazirning, bosh, nima, ochiqlandi, o‘g‘irlaganlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя