Главная » 2022 » Ноябрь » 10 » Pike “Barselona” prezidenti boʻladimi? Futbolchining oʻzi bunga javob berdi
17:24

Pike “Barselona” prezidenti boʻladimi? Futbolchining oʻzi bunga javob berdi


Yaqinda professional faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan “Barselona” himoyachisi Jerar Pike Kataloniya klubi prezidentligi uchun kurash haqida gapirdi.

“Men “Barselona” prezidenti boʻlamanmi? Hozircha bu haqda oʻylamayapman. Ayni paytda boshqa koʻp ishlarim bor.

Ammo men hayotimning bir qismiga aylangan klubga qoʻlimdan kelganicha yordam berishni xohlayman”, – deydi 35 yoshli sobiq himoyachi.

Qayd etish mumkin, hozirda “koʻk-anorranglilar” prezidenti Joan Laporta hisoblanadi. Keyingi saylovlar esa 2025 yilda boʻlib oʻtadi.

Maʼlumot uchun, Pike “Barselona” safida barcha musobaqalarda 616 ta rasmiy oʻyinda maydonga tushib, 53 ta gol urgan.

Kataloniyaliklar bilan u 3 marta Chempionlar ligasi gʻolibi, sakkiz marta mamlakat chempioni boʻldi, 7 marta Ispaniya kubogi va olti marta mamlakat Superkubogini qoʻlga kiritdi.

Shuningdek, Jerarning sovrinlar kolleksiyasida uchta UEFA Superkubogi va uchta klublar oʻrtasidagi jahon chempionati sovrini ham bor.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: boʻladimi, Prezidenti, berdi, javob, Barselona, Futbolchining, oʻzi, Pike, bunga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя