Главная » 2023 » Июнь » 26 » Jahongir Ortiqxo‘jayev ko‘rinish berdi
19:35

Jahongir Ortiqxo‘jayev ko‘rinish berdi


“Paxtakor” futbol klubi egasi Jahongir Ortiqxo‘jayev uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng jamoa a’zolari bilan suhbat fonida ilk marta ko‘rinish berdi. Bu haqda klub Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ortiqxo‘jayev 24 iyun kuni “Paxtakor” jamoasining Qibraydagi o‘quv yig‘in mashg‘ulotlari bazasida bo‘lgan. So‘nggi oylarda kompleksda amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishgan va futbolchilar bilan suhbatlashgan.

“Avvalo, Sizlarga so‘nggi ikki yilda qo‘lga kiritilgan chempionlik uchun rahmat aytaman. Men bundan quvondim. Bu an’anani buzmasligimiz kerak. Eng muhimi, siz e’tibordagi odam ekaningizni unutmasangiz va biz bilan bir jamoa bo‘lishda davom etsangiz kifoya, qolgan yaxshi sharoitlarni yaratib berishda davom etamiz”, deydi jamoa raisi.

Shuningdek, u O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatiga ham alohida to‘xtalib o‘tgan.

“Jamoamiz a’zolari terma jamoa safida Osiyo chempioni bo‘ldi. Siz hali yoshsiz, umringizni behuda o‘tkazmang. Katta akalaringiz kabi nom qozoning, o‘z qadringizni biling, mehnat qilib Yevropaga keting, men xursand bo‘lay. Abbos, ayniqsa, sendan umidimiz katta. Men ishonaman, sen hali “Paxtakor” bilan yuqori marralarni zabt etasan va Yevropaning top klublarida o‘ynaysan”, deydi Ortiqxo‘jayev.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: berdi, ko‘rinish, Jahongir Ortiqxo‘jayev | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя