Главная » 2022 » Октябрь » 29 » Messi “Barsa”ga qaytadimi? Inyesta javob berdi
13:20

Messi “Barsa”ga qaytadimi? Inyesta javob berdi


“Barselona”ning sobiq yarim himoyachisi Andres Inyesta PSJ hujumchisi Lionel Messi haqida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi, shuningdek, argentinalik futbolchining Kataloniya klubi safiga qaytish imkoniyatlariga baho berdi.

“Messi har doim boshqacha boʻlgan. U birinchi raqamli. Yagona narsa shundaki, u oʻzini yaxshilagan va jamoadoshlarining yaxshilanishiga yordam bergan. Tarkibida Messi oʻynagan jamoa sovrinlar uchun kurashda ustunlikka ega.

“Barselona”ga qaytish hech qachon oson emas, lekin Leo buni uddalay olishi, Kataloniyaga qaytishi mumkin. Bu boʻlishi mumkin”, – deydi Inyesta.

Maʼlumot uchun, Messi joriy mavsum Liga 1ʼda 11 ta oʻyinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Barsaga, messi, javob, berdi, qaytadimi, Inyesta | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя