Главная » 2023 » Февраль » 8 » Olimlar mamlakatlarni zilzila bo‘lishidan 2 kun oldin ogohlantirgan
21:30

Olimlar mamlakatlarni zilzila bo‘lishidan 2 kun oldin ogohlantirgan


Niderland seysmolog olimi Frank Hogerbits Turkiyaning janubi-sharqi, unga qo‘shni Suriya, Iordaniya va Livan bilan chegaradosh hududlarida yaqin kunlarda 7,5 magnitudalik kuchli zilzila bo‘lishini voqeadan ikki kun oldin prognoz qilgan. Bu haqda u o‘zining Twitter sahifasida yozib qoldirgan.

2 fevral kuni esa Niderlandiyada joylashgan SSGEOS – Seysmik faollik bilan bog‘liq samoviy jismlar o‘rtasidagi geometriyani monitoring qilish ilmiy-tadqiqot instituti 4 fevraldan 6 fevralgacha ehtimol 6 darajagacha yoki undan yuqori darajaga qadar katta seysmik faollik bo‘lishi mumkinligini hatto video tarzida tushuntirib ham bergan.
Ko‘plab turkiyaliklar uning bu ogohlantirishiga mamlakat nima uchun oldinroq e’tibor qaratmaganidan g‘azabda.

“Buni qayerdan bilasiz? Nega davlatlar choralar ko‘rmayapti? Siz bu hodisani 2 kun oldin bilgansiz. Ular siz kabi olimlarga ishonishlari kerak edi”, deya tvit izohini qoldirgan Turkiyaning Kelajak partiyasi ma’muriy va moliyaviy masalalar maslahatchisi O‘mer Aydog‘mush.

Seysmolog olim Frank Hogerbits prognozlari to‘g‘ri bo‘lib chiqqach, u yana hamdardlik ruhida Twitter’da izoh qoldirgan.

“Turkiya markazidagi halokatli zilziladan jabrlangan hammaga hamdardligimni izhor etaman. Oldin ham ta’kidlaganimdek, 115 va 526-yillardagiga o‘xshash yer silkinishi ushbu hududda yana sodir bo‘lishi kutilgandi. Biz boshdan kechirgan bu zilzilalar ko‘pincha sayyoramizning qiyin geometrik tuzilishi tufayli kelib chiqadi”, degan olim.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 284 nafarga yetgani haqida xabar bergan edik.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: 2 kun, ogohlantirgan, mamlakatlarni, oldin, bo‘lishidan, olimlar, zilzila | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя