Главная » 2023 » Февраль » 22 » Yana zilzila yuz berdi. Bu gal qayerda?
13:51

Yana zilzila yuz berdi. Bu gal qayerda?


Bugun, 21 fevral kuni Erondan 5,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Yevropa-O‘rta Er dengizi seysmologiya markazi xabar berdi.

Yerosti silkinishlari mahalliy vaqt bilan soat 06:05 da qayd etilgan. Zilzila epimarkazi 352 ming aholi istiqomat qiladigan Bandar Abbos shahridan 113 km shimoli-g‘arbda, 10 km chuqurlikda joylashgan.

Hozircha qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar aniq emas.

Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Turkiyada 7 balldan ortiq (mahalliy vaqt bilan soat 04:17 da – 7,7 ball va soat 13:24 da – 7,6 ball) bo‘lgan ikkita zilzila yuz berdi. Kecha, 20 fevral kuni Hatay viloyatining Dafna va Samandag‘ tumanlarida yana kuchli – 6,4 va 5,8 magnitudali 3 daqiqalik interval bilan ikkita yer silkinishi sodir bo‘ldi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Bu gal qayerda?, yuz, zilzila, berdi, yana | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя