Главная » 2023 » Март » 10 » O‘zbekistonliklar 20 dan ortiq davlatga vizasiz kira oladi (ro‘yxat)
16:44

O‘zbekistonliklar 20 dan ortiq davlatga vizasiz kira oladi (ro‘yxat)


O‘zbekiston fuqarolari 22 ta xorijiy mamlakatlarga vizasiz kirishi mumkin. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.

Qayd etilishicha, fuqarolar ushbu davlatlarda belgilangan vaqtgacha yurganidan keyin viza rasmiylashtirish kerak bo‘ladi. Mazkur muddat 21 kundan 360 kungachani tashkil qiladi.

Quyida o‘zbekistonliklar vizasiz bora oladigan davlatlar ro‘yxati:

Ozarbayjon – 90 kungacha;
Antigua va Barbuda – 180 kungacha;
Armaniston – 180 kungacha;
Barbados – 28 kungacha;
Gaiti – 90 kungacha;
Gruziya – 360 kungacha;
Dominika – 21 kungacha;
Indoneziya – 30 kungacha;
Qozog‘iston – 30 kungacha;
Qirg‘iziston – 60 kungacha;
Malayziya – 30 kungacha;
Moldova – 90 kungacha;
Namibiya – 90 kungacha;
Sant-Vinsent va Genadin orollari – 30 kungacha;
Tojikiston – 30 kungacha;
Turkiya – 30 kungacha;
Filippin – 30 kungacha.
Shuningdek, Belarus, Niue, Kuk orollari, Rossiya Federatsiyasi va Ukraina davlatlariga borish uchun O‘zbekiston fuqarolaridan umuman viza talab etilmaydi.

Bundan tashqari, 33 ta davlatda O‘zbekistonliklar uchun soddalashtirilgan viza tartiblari o‘rnatilgan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: vizasiz, davlatga, Kira, O‘zbekiston, oladi, 20 dan, ortiq, ro‘yxat | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя