Главная » 2023 » Июнь » 8 » O‘zbekistonda bu yil test sinovlari vaqti o‘zgaradi
17:14

O‘zbekistonda bu yil test sinovlari vaqti o‘zgaradi


O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari yana yopiq pavilonlarda o‘tkazilishi xabar qilingandi. Shu munosabat bilan 2023/2024-o‘quv yili uchun test sinovlari vaqti ham o‘zgaradi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

“3 yillik tanaffusdan keyin test sinovlarini yana yopiq binolarda o‘tkazilayotgani sababli endi bunaqa vaqtli va kech imtihon o‘tkazishga ehtiyoj yo‘q. Shu sababli, xuddi 2018-2019 yillarda bo‘lgani kabi test sinovlarida 1-smena soat 08:00 dan 2-smena esa 15:00 dan boshlanishi rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.

Pandemiya davrida imtihonlar stadion va xiyobonlarda o‘tkazilgani sababli 1-smena soat 07:00 dan 10:00 gacha 2-smena esa soat 19:00 dan 22:00 gacha o‘tkazilgan edi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbekiston, yil, vaqti, sinovlari, o‘zgaradi, bu, test | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя