Главная » 2022 » Ноябрь » 21 » O‘zbekiston oshpazlari xalqaro musobaqada muvaffaqqiyatli ishtirok etdi
11:52

O‘zbekiston oshpazlari xalqaro musobaqada muvaffaqqiyatli ishtirok etdi


Joriy yilning 17-20-noyabr kunlari O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi jamoasi Turkiyada (Antaliya) o‘tkazilgan “Gastro Antaliya 2022” xalqaro pazandalik chempionatida ishtirok etdi.

Gastro Antalya oshpazlik chempionatida O‘zbekiston, Isroil, Italiya, Serbiya, Germaniya, Rossiya, Dog‘iston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Ispaniya, Turkiya va boshqa ko‘plab davlatlardan tashrif buyurgan oshpazlar, shuningdek, oliy toifadagi hakamlar ishtirok etgan.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, ushbu chempionat 2021-yilda pandemiya sababli cheklangan ishtirokchilar bilan o‘tkazilgan. “Gastro Antaliya 2022” chempionati 32 davlatdan 600 dan ortiq ishtirokchilarni qamrab olgan Turkiyadagi eng yirik va eng nufuzli musobaqaga aylandi.

O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi jamoasi tarkibi:

Akbar Umarov – hakamlar hay’ati a’zosi;
Elyorbek Mirboboyev – ustoz;
Shohruzxon Ibragimov – ishtirokchi.

O‘zbekiston jamoasi chempionat yakuniga ko‘ra 3 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Xususan, Shoxruzxon Ibragimov “Baliqli taom” nominasiyasi bo‘yicha oltin, “Zamonaviy oshxona – go‘shtli taom” nominasiyasi bo‘yicha esa kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Elyorbek Mirboboyev esa “Yilning oltin oshpazi” nominasiyasida 1-o‘rinni egallab, oltin medal sohibi bo‘ldi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: oshpazlari, Xalqaro, etdi, O‘zbekiston, ishtirok, musobaqada, muvaffaqqiyatli | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя