Главная » 2023 » Май » 31 » Mirziyoyev qayta saylansa, 5 ta yo‘nalishga urg‘u qaratmoqchi
16:30

Mirziyoyev qayta saylansa, 5 ta yo‘nalishga urg‘u qaratmoqchi


O‘zLiDePdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturida 5 ta eng asosiy yo‘nalishga e’tibor qaratishini ta’kidladi. Buning uchun har yili 200 milliard so‘m ajratiladi. Bu haqda davlat rahbari O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining o‘n birinchi sezdida ma’lum qildi.

Dasturga ko‘ra, birinchi yo‘nalish ta’lim sohasini qamrab oladi. Dunyodagi “Top-500”ga kiradigan chet el oliygohlari bilan hamkorlikda kamida 50 ta qo‘shma o‘quv dasturi va “ikki diplomli tizim” joriy etiladi.

“Bio-texnologiya, sun’iy intellekt va boshqa yuqori texnologik yo‘nalishlarda yiliga 500 nafar iste’dodli yoshlarimizni eng nufuzli xorijiy oliygohlarga davlat hisobidan o‘qishga yuboramiz. Buning uchun, 200 million dollar yo‘naltiramiz”, dedi Mirziyoyev.
Kelgusi yetti yilda ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish uchun 1 milliard dollar ajratiladi.

“Biz hurmatli professor va akademiklar, ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan magistr va aspirantlar, oliygohlar o‘qituvchi va domlalari, bir so‘z bilan aytganda, zahmatkash  ilmiy va ijodkor ziyolilarimiz Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shayotganini yuksak qadrlaymiz”, deya ta’kidlagan Prezident.

Bu yil O‘zbekiston ilm-fanining asosiy tayanchi bo‘lgan Fanlar akademiyasi tashkil topganiga 80 yil to‘ladi. Ushbu sana keng nishonlanishi ta’kidlandi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: urg‘u, Mirziyoyev, 5 ta yo‘nalishga, saylansa, Qayta, qaratmoqchi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя