Главная » 2023 » Февраль » 16 » Mirziyoyev Putin bilan telefonda nimalarni gaplashdi
22:25

Mirziyoyev Putin bilan telefonda nimalarni gaplashdi


Bugun, 16 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi. 

Suhbatda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilingan. 

Davlat rahbarlari o‘zaro savdoni ko‘paytirish, yetakchi korxonalarning sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, qo‘shma Loyihalar ofisi doirasida ustuvor tarmoqlardagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratgani aytilmoqda.

Shu ma’noda, “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro ko‘rgazmasi va O‘zbekiston-Rossiya hududlar forumini o‘tkazish muhimligi ta’kidlangan. 

Ikki davlat yetakchilari madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish masalalari yuzasidan ham fikr almashib, bo‘lajak tadbirlar rejasini ko‘rib chiqqan.

Kreml esa ushbu suhbat tafsilotlariga ko‘p to‘xtalmagan. Putin Matbuot xizmati O‘zbekiston rahbari bilan muloqotni “Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirishga oid qator masalalar ko‘ril chiqildi” deb izohlagan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: nimalarni, gaplashdi, Mirziyoyev, telefonda, Putin, bilan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя