Главная » 2022 » Декабрь » 3 » Surxondaryoda avtomobilini sotib yuborgan shaxs uni qayta o‘g‘irladi
12:45

Surxondaryoda avtomobilini sotib yuborgan shaxs uni qayta o‘g‘irladi


Surxondaryoda avtomashinaning avvalgi egasi jinoiy guruh bo‘lib transport vositasini olib qochdi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 25-noyabr kuni Boysun tumani “Shirinobod” mahallasida yashovchi 44 yoshli M.K. Boysun tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, joriy yilning 24-noyabr kunidan 25-noyabr kuniga o‘tar kechasi yashash uyi darvozasi oldida o‘ziga tegishli “VAZ 2107” rusumli avtomashinasini noma’lum shaxs olib qochib ketgani to‘g‘risida ma’lum qilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan avtomashina 27 yoshli O.B., 18 yoshli T.D., 18 yoshli P.M. va voyaga yetmagan 17 yoshli X.S. tomonidan o‘g‘irlangani aniqlangan.

Dastlabki tergov jarayonida aniqlanishicha, olib qochilgan avtomobil muqaddam O.B.ga tegishli bo‘lgani, biroq u keyinchalik avtomashinani sotib yuborganligi aniqlangan.

“Jabrlanuvchi tomonidan avtomashina yo‘qolganligi to‘g‘risidagi huquqni muxofaza qiluvchi organlarga berilgan xabardan so‘ng jinoyatchilar tomonidan avtomashina yashirilgan hudud o‘zgartirilganligi aniqlangan, biroq IIO xodimlarining hamkorlikdagi olib borilgan tezkor ishlari natijasida “VAZ 2107” rusumli avtomashina topilgan va tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan”, – deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan Boysun tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan mazkur shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 2-qismi “B” bandi ( Transport vositasini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "Xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: sotib, Surxondaryoda, Qayta, yuborgan, o‘g‘irladi, Uni, avtomobilini, shaxs | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя