Главная » 2023 » Февраль » 16 » Yaxshiyam qo‘shnilarimizda prezident Karimov emas, Mirziyoyev
15:16

Yaxshiyam qo‘shnilarimizda prezident Karimov emas, Mirziyoyev


Qirg‘izistonning qamoqdan ozod etilgan sobiq rahbari Almazbek Atamboyev kecha, 14 fevral kuni Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi qarorgohida o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston-Qirg‘iziston o‘rtasida Kampirobod suv omborini boshqarish va chegara masalalarini hal etish bo‘yicha kelishuvni olqishladi. U bu haqda gapirarkan, mazkur hujjatning qabul qilinishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning hissasi katta ekanini aytdi. 

“Bu aslida katta qadam. O‘zbekiston bilan munosabatlar haqiqatan ham quvonarli”, deydi Atamboyev. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kampirobod suv ombori bo‘yicha kelishuvga qarshi chiqqan jamoatchilik vakillarini qamamay, ularga ishonchli dalillar keltirish kerak edi. 

“Bu tarixiy qaror. Yaxshiyamki qo‘shnilarimizda Prezident Mirziyoyev, Karimov emas. Mirziyoyevning Qirg‘izistonga, Qirg‘iziston xalqiga munosabatini bilaman. Buni qadrlash kerak”, deydi Atamboyev.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari Shavkat Mirziyoyev hamda Sadir Japarov tomonidan joriy yilning 27 yanvar kuni imzolangan kelishuvga muvofiq umumiy uzunligi 302,29 kilometr bo‘lgan chegara chizig‘i, jumladan, O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasining 35 ta uchastkasi belgilandi. Shuningdek, O‘zbekiston o‘z hududiga Andijon (Kampirobod) suv omborining 4957 gektarini hamda to‘g‘onni saqlash va muhofaza qilish uchun qo‘shimcha 19,5 gektarni oladi. Qirg‘iziston kompensatsiya sifatida 1019 gektar yaylovni oladi.

O‘zbekiston tomoni suv omboridagi suv sathini 900 metrdan ortiq bo‘lmagan darajada ushlab turish, qirg‘iz xalqining resurslardan erkin foydalanishini ta’minlash (hayvonlarni sug‘orish, sug‘orish, baliq ovlash), suv ombori atrofida muhandislik-texnik inshootlar o‘rnatmaslik majburiyatini oladi.

Qirg‘iziston tomoni esa suvni muhofaza qilish zonalari tashkil etilishi va suvdan foydalanish rejimiga rioya etilishini ta’minlash majburiyatini olmoqda.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Mirziyoyev, Yaxshiyam, emas, Karimov, qo‘shnilarimizda, prezident | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя