Главная » 2022 » Декабрь » 1 » Messi ikkinchi antirekordchiga aylandi
18:02

Messi ikkinchi antirekordchiga aylandi


Argentina terma jamoasi kecha, 30-noyabr kuni Polshaga qarshi bahsda g‘alaba qozondi hamda C guruhida birinchi o‘rin bilan JChning pley off bosqichiga yo‘l oldi.

Birinchi bo‘limda Polsha darvozasiga 11 metrli jarima zarbasi belgilandi. Ammo, Lionel Messi penaltidan foydalana olmadi.

Shunday qilib, Leo jahon chempionatlari tarixida ikki xil mundialda penaltidan foydalana olmagan ikkinchi o‘yinchi bo‘ldi. 2018-yilgi jahon chempionatida Messi Islandiya terma jamoasi bilan o‘yinda penaltini amalga oshira olmagan edi.

Yana shunday natija, ya’ni ikki xil mundialda 11 metrlik nuqtadan foydalana olmagan futbolchi Asamoa Gyen edi. U 2006 hamda 2010 yilgi Jahon chempionatlaridagi penaltilarni ko‘kka sovurgan.

Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: antirekordchiga, ikkinchi, aylandi, messi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя