Главная » 2022 » Ноябрь » 16 » Messi JCh-2022 oldidan “oltin butsalar” da mashgʻulot oʻtkazdi
19:25

Messi JCh-2022 oldidan “oltin butsalar” da mashgʻulot oʻtkazdi


Argentinalik yulduz maxsus ishlab chiqarilgan butsalardagi ilk uchrashuvini chorshanba kuni oʻtkazadi.

Argentina terma jamoasi Qatarda boʻlib oʻtadigan Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida ilk mashgʻulotini oʻtkazdi.

Dushanba kuni BAAdagi “Al Nahayan” stadionida boʻlib oʻtgan ochiq mashgʻulotda 10 000 ga yaqin odam, jumladan, Argentina futbol assotsiatsiyasi prezidenti Klaudio Tapiya ham qatnashdi.

Lionel Messi Adidas tomonidan jahon chempionati uchun maxsus ishlab chiqarilgan yangi “oltin butsalar”da mashq qildi.

Qayd etish mumkin, Messi chorshanba kuni yangi butsadagi ilk uchrashuvini oʻtkazadi. Unda Argentina terma jamoasi BAA terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: mashgʻulot, oʻtkazdi, DA, Oltin, JCH, 2022, messi, oldidan, butsalar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя