Главная » 2022 » Ноябрь » 15 » Ronaldu va Messi bir klubda?
19:27

Ronaldu va Messi bir klubda?


Parijning PSJ klubi “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu transferiga qiziqib qoldi. Jamoa portugalni qishdayoq Parijga olib kelishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fransuz klubi rahbarlari 37 yoshli hujumchini taklif qilish fikrida bo‘lsa, jamoa maslahatchi vakillaridan biri Luish Kampos bunga qarshi, u klubning tarkibi yoshartirilishi kerak deb hisoblaydi. Lekin, hammasini rahbariyat fikri hal qiladi.

Ma’lumot uchun, Krishtianuning shov-shuvli intervyusidan so‘ng, jamoa tez orada ushbu holatni o‘rganib chiqishi haqida rasmiy ma’lumot bergan edi. Shuningdek, mazkur ishi uchun portugaliyalik yulduz jamoani tez orada tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar paydo bo‘ldi.

5 karra “Oltin to‘p” sohibi ushbu mavsumda “qizil iblislar” tarkibida 16 uchrashuv o‘tkazib, 3+2 natijani qayd etdi.

Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: messi, VA, Bir, klubda, Ronaldu | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя