Главная » 2022 » Октябрь » 14 » Mbappe PSJni tark etishni har qachongidan ham koʻproq istayapti
14:58

Mbappe PSJni tark etishni har qachongidan ham koʻproq istayapti


PSJ hujumchisi Kilian Mbappe tezroq klubni tark etishga qaror qildi, deb xabar beradi La10.com

Qayd etilishicha, futbolchini PSJda sodir boʻlayotgan baʼzi narsalar, jumladan, vaʼdalarsiz va bosh murabbiy Galtye qoʻl ostida maydonda oʻz pozitsiyasini notoʻgʻri amalga oshirilayotganidan qoniqmayapti.

Qayd etilishicha, Mbappe PSJni tark etishni har qachongidan ham koʻproq istayotganini va shartnoma uzaytirilganidan toʻliq afsusda ekanligini maʼlum qilgan.

Futbolchiga “Real” va “Liverpul” klublari qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, katta ehtimol bilan Mbappe faoliyatini “Qirollik klubi”da davom ettiradi.

Fransiyalik hujumchi va klub oʻrtasidagi shartnoma 2025-yilgacha moʻljallangan.

Shuningdek, xabarlarga koʻra, Mbappening koʻpchilik jamoadoshlari uning may oyida klubda qolishidan xursand boʻlishgan, biroq ayni kunlarda uning hozirgi munosabati va nima uchun ulardan yuz oʻgirganidan hayratda.

Klub mashgʻulot maydoniga yaqin manbalardan birining maʼlum qilishicha, hujumchi avvalroq jilmayib, hazillashib kirib kelgan, ertasi kuni esa u hech kimga qaramagan va indamagan.

Biroq Mbappening klub top-menejmenti hamda jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha yangi direktori bilan yaqin aloqada ekanligi aytilmoqda.

Ammo kiyinish xonasida fransiyalik futbolchini endi Ashraf Hakimi, Ugo Ekitike, Nordi Mukiela va Presnel Kimpembe qoʻllab-quvvatlamaydi. Biroq, bosh murabbiy Kristof Galtye Mbappe tomonda.

Maʼlumot uchun, Mbappe joriy mavsum barcha turnirlarda 13 ta oʻyinda maydonga tushib, 12 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: HAM, tark, har, qachongidan, Mbappe, koʻproq, istayapti, etishni, PSJni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя