Главная » 2022 » Октябрь » 24 » Fuqaroning shaxsiy fotosuratlarini tarqatmasligi uchun pul talab qilgan tovlamachi ushlandi
14:15

Fuqaroning shaxsiy fotosuratlarini tarqatmasligi uchun pul talab qilgan tovlamachi ushlandi


Fuqaroning shaxsiy fotosuratlarini tarqatmasligi uchun pul talab qilgan tovlamachi ushlandi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik xizmati xabar berdi.

Xorazm viloyati Urganch shahrida yashovchi fuqaro O.O. ariza bilan murojaat qilib, unga tegishli bo‘lgan mobil qurilmasida saqlanayotgan boshqalar ko‘rishi mumkin bo‘lmagan shaxsiy fotosuratlari o‘zining ehtiyotsizligi sababli nomaʼlum shaxslar tomonidan qo‘lga kiritilganligi hamda ular ijtimoiy tarmoqlarga tarqatmaslik evaziga 35.000.000 so‘m pul talab qilayotganligini bildirib, nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida pullarni o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan shaxs Xorazm viloyati Urganch shahrida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan Q.B. ekanligi aniqlanib, u 35.000.000 so‘m miqdordagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Q.B.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qilgan, Pul, tarqatmasligi, uchun, talab, fuqaroning, shaxsiy, ushlandi, fotosuratlarini, tovlamachi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя