16:29 Fuqaroning mavjud bo‘lmagan 24 mln qarzini "yopib berishni" va'da qilgan iqtisodchi ushlandi | |
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman bo‘limi tomonidan IIBB JQB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “V.E.” MCHJning Yunusobod tumani “Issiqlik tarmog‘i” bo‘limi iqtisodchisi J.O. fuqaro K.ning Yunusobod tumani, “Buyuk turon” MFY hududidagi yashash xonadonining issiqlik manbaidan aslida mavjud bo‘lmagan 24 mln so‘m qarzdorligini go‘yoki korxonaning yuqori turuvchi mansabdorlari orqali yo‘qotib berish evaziga o‘z xizmat xonasida 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 25, 192-9-moddasi (tijoratda pora evaziga og‘dirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|