19:54 Olmaliqda kon metallurgiya kombinatiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi | |
Toshkent viloyatida ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining matbuot ximati xabar berdi. Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmaliq shahar bo‘limi tomonidan viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Ushbu tadbir davomida, fuqaro M.O. fuqaro M.N.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali “Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJga ishga kiritib qo‘yishini aytib, evaziga 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|