Главная » 2022 » Ноябрь » 18 » Fuqarolarni AQSH va Xitoyga ishga jo‘natishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
11:19

Fuqarolarni AQSH va Xitoyga ishga jo‘natishni va’da qilgan shaxslar ushlandi


Fuqarolarni AQSH va Xitoyga ishga jo‘natishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Departamentning Xatirchi tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda fuqaro S.A. fuqaro U.O.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari orqali 5 000 AQSH dollari evaziga Amerika qo‘shma shtatlariga jo‘natish uchun viza va boshqa hujjatlarni tayyorlab berishini aytib, oldindan 800 dollar olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi, Sergeli tuman bo‘limi hamda DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda fuqarolar E.X. va Sh.T. fuqaro F.O.ning ishonchiga kirib, tanishlari orqali uning nomiga Xitoydan chaqiruv taklifnomasi jo‘natish va ushbu davlatga kirish vizasini tayyorlab berishi evaziga 700 AQSH dollari va 300 ming so‘mni olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik) 28 va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: jo‘natishni, Xitoyga, ishga, VA, Fuqarolarni, ushlandi, va’da, AQSH, shaxslar, qilgan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя