Главная » 2022 » Ноябрь » 8 » Sifatsiz qurilish montaj ishlari uchun 1,5 mlrd pul “ko‘kka sovurildi”
18:50

Sifatsiz qurilish montaj ishlari uchun 1,5 mlrd pul “ko‘kka sovurildi”


Joriy yilning hozirgi vaqtgacha bo‘lgan oralig‘ida 15 ta holatda qariyb 1 mlrd 576 mln so‘mlik qurilish-montaj ishlari sifatsiz bajarilgan. Bu haqda “O‘zyo‘linspeksiyasi” boshqarma boshlig‘i Dilshod Oxunjonov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, inspeksiyaga 9 oy davomida jismoniy va yuridik shaxslardan 474 ta murojaat kelib tushgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 45 foizga oshgan.

Murojaatlarning 133 tasi avtomobil yo‘llari foydalanuvchilaridan kelgan. 61 ta murojaat bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha 80 ta ko‘rsatma berilgan. Ko‘rsatma talablarini muddatida bartaraf etmagan mansabdor shaxslarga tegishli choralar qo‘llash bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborilgan.

Boshqarma boshlig‘ining ma’lum qilishicha, 15 ta holat bo‘yicha 1 mlrd 576 mln 675 ming so‘m miqdoridagi sifatsiz bajarilgan qurilish-montaj ishlarini hisobotdan chiqarish yuzasidan buyurtmachilarga talabnoma kiritilgan. Ya’ni sifatsiz bajarilgan qurilish va ta’mir ishlari pudratchilar tomonidan, ularning o‘z mablag‘lari hisobidan qayta bajartirilgan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: mlrd, Pul, sifatsiz, montaj, ishlari, qurilish, sovurildi, uchun, ko‘kka | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя