Главная » 2022 » Ноябрь » 14 » Eronda sud tartibsizliklarni uyushtirganlik uchun ilk o‘lim hukmini chiqardi
12:45

Eronda sud tartibsizliklarni uyushtirganlik uchun ilk o‘lim hukmini chiqardi


Eron sudi Tehron viloyatidagi namoyishchilardan biriga dastlabki o‘lim hukmini chiqardi. Bu haqda kecha, 13 noyabr kuni ISNA agentligi xabar berdi. 

Unga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs hukumat binosiga o‘t qo‘yish va tartibsizliklar uyushtirishda ayblangan. 

Bundan tashqari, osoyishtalikni buzish va mamlakat milliy xavfsizligiga qarshi jinoiy til biriktirishda ayblangan namoyishchilarga nisbatan besh yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutuvchi beshta sud qarori chiqarilgan. 

Agentlik taʼkidlaganidek, ushbu hukmlar dastlabki hisoblanadi va apellyasiya sudiga shikoyat qilinishi mumkin. 

Eron Majlisi deputatlari 8 noyabr kuni sud hokimiyatini ommaviy norozilik namoyishlari ishtirokchilariga saboq berishga va Eron xalqining hayoti, mulki, xavfsizligi va shaʼni tuzumning qizil chizig‘i ekanligini barchaga isbotlashga chaqirdi. Shu bilan birga, deputatlar, ularning fikricha, namoyishchilar qanday jazoga loyiq ekanini ko‘rsatmagan.

31 oktabr kuni ISNA agentligining xabar berishicha, Eron sud tizimi Eronning Tehron viloyatidagi namoyishchilarga qarshi 1000 ga yaqin ayblov qo‘ygan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 sentabr kuni Eronda axloq politsiyasi tomonidan noto‘g‘ri hijob kiygani uchun hibsga olingan 22 yoshli talaba Mahsa Amini vafot etdi. Uning vafotidan so‘ng mamlakatda norozilik namoyishlari boshlandi.

Namoyish sifatida butun mamlakat bo‘ylab ayollar hijobni yoqib, sochlarini kesmoqda. Ushbu norozilik dunyoning boshqa mamlakatlarida ham aks-sado bermoqda. Namoyishchilar ko‘chalarni to‘sib, xavfsizlik kuchlariga tosh otdi, politsiya mashinalari va axlat qutilariga o‘t qo‘ydi, hukumatga qarshi shiorlar aytishdi.

Amini o‘tgan hafta poytaxtda Eron axloq politsiyasi tomonidan ayollarning sochlarini hijob yoki ro‘mol, qo‘l va oyoqlarini keng kiyim bilan o‘rashni talab qiluvchi qonunni buzganlikda ayblanib hibsga olingan edi. 

Qo‘lga olinganidan uch kun o‘tgach, Amini vafot etdi. Rasmiylarga ko‘ra, o‘limga "yurak yetishmovchiligi" sabab bo‘lgan. Ammo marhumning qarindoshlari qizning yuragida hech qachon muammo bo‘lmaganini daʼvo qilmoqda. Ular jabrlanuvchini kaltaklash oqibatida vafot etgan, deb taxmin qilmoqda. 

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari vazifasini bajaruvchi Nada Al-Nashif Amini politsiya tomonidan kaltaklangani haqidagi xabarlarga ishora qildi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari hibsga olingandan keyin vafot etgan eronlik Mahsa Amini o‘limi sababli Eronning axloq politsiyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi. Keyinroq Kanada ham bir necha o‘nlab Eron rasmiylari, biznes vakillari, shuningdek, Eron axloq politsiyasiga qarshi sanksiyalar joriy etishga qaror qildi.

Tehronda Eron axloq politsiyasi tomonidan Islom Respublikasining qattiq kiyinish qoidalarini buzgani uchun hibsga olinganidan keyin komaga tushib, vafot etdi.

Eronda uning o‘limidan so‘ng butun mamlakat bo‘ylab misli ko‘rilmagan norozilik to‘lqini kuzatildi, so‘nggi to‘rt hafta ichida kamida 233 namoyishchi halok bo‘ldi.

Namoyishchilar politsiya va “Basij” militsiyasi aʼzolariga hujum qilgan, Qurʼonni tahqirlagan, masjidlar va hukumat binolariga o‘t qo‘ygan, hijobli ayollarga hujum qilgan, tez yordam mashinalari va yoqilg‘i quyish shoxobchalariga hujum qilingan. Ishtirokchilar Eronning turli shaharlarida hibsga olindi.

Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: chiqardi, tartibsizliklarni, ilk, hukmini, Eronda, uyushtirganlik, sud, o‘lim, uchun | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя