Главная » 2023 » Март » 20 » “Samsung” aqlli soatlarining ilk tasvirlari internetda sizdirildi
17:42

“Samsung” aqlli soatlarining ilk tasvirlari internetda sizdirildi


“Samsung” kompaniyasiga tegishli yangi aqlli soat tasvirlari iijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi.

Ishonchli insayder – “Ice Universe” yangi avlod “Galaxy” soatlari haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi. Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, “Samsung” dizaynerlari “Pixel Watch” soatlaridan ilhomlanib, egri shisha ekran dizayniga o‘tishga qaror qilgan. Uning ishlatilishi mazkur aksessuarni “Google” gadjetlariga o‘xshatib yuboradi.

Misol uchun, “Apple” kompaniyasi yillar davomida “Apple Watch” avlodlarida egri ekran himoyachilaridan foydalanib keladi. Bu esa shunchaki silliq yuza va soddalashtirilgan dizayn emas. Qirralar bo‘ylab egri chiziqlar imo-ishoralarni boshqarishni soddalashtiradi, agar foydalanuvchi barmoqlari ekran chetida turmasa, sensorni boshqarish qulayroq bo‘ladi.

Shu bilan birga, qirralari yumaloq shisha yanada mo‘rt bo‘ladi va tasodifan biror qattiq jismga urib olish smart soat egalariga qimmatga tushishi mumkin. Xuddi shunday, gajetning qattiq yuzaga erkin holatda tushishi ham uning shikastlanishiga olib keladi.

“Samsung” kompaniyasi “Galaxy Watch 6” seriyasini qachon sotuvga chiqarishni rejalashtirayotgani hozircha aniq emas. “Watch 5” seriyasi esa 2022-yilda “Galaxy Z Fold 4” va “Flip 4” bilan birga namoyish etilgan, shuning uchun keyingi avlod ham avgust oyiga yaqin muddatda sotuvga chiqarilishini kutish mumkin.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: INTERNETDA, samsung, tasvirlari, ilk, sizdirildi, soatlarining, Aqlli | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя