Главная » 2023 » Апрель » 5 » Pornoaktrisa Trampga tuhmat qilgani uchun 122 ming dollar to‘laydi
17:11

Pornoaktrisa Trampga tuhmat qilgani uchun 122 ming dollar to‘laydi


Porno aktrisa Stormi Deniyels AQSH sobiq prezidenti Donald Trampga tuhmat qilgani uchun sud to‘lovlari sifatida qariyb 122 ming dollar to‘laydi. Bu haqda eks-prezidentning o‘g‘li Erik Tramp Twitter'dagi sahifasida ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, kattalar uchun filmlarda rol o‘ynovchi, asl ismi Stefani Klifford bo‘lgan aktrisa 183,35 soatlik sud jarayonlari uchun Tramp tomonidan Dhillon Law Group kompaniyasiga to‘langan 121 ming 972 dollarni qaytarishi kerak. 

Deniyels 2016 yilda Trampning shaxsiy advokati va Maykl Koen unga Tramp va u o‘rtasida bo‘lib o‘tgan munosabatlar bo‘yicha sukut saqlashi uchun pul berganini da’vo qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Donald Trampga nisbatan ish ochilgach, u AQSH tarixida jinoiy javobgarlikka tortilgan ilk prezident bo‘lgandi. Trampga qo‘yilgan ayblovlar 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida uning imkoniyatlarini oshirib yuborishi aytilgandi. Kecha, 4 aprel kuni esa u hibsga olinib, birozdan so‘ng qo‘yib yuborilgandi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: uchun, Pornoaktrisa, qilgani, 122 ming, Tramp, Dollar, to‘laydi, tuhmat | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя