Главная » 2022 » Ноябрь » 16 » Davstatqo‘m hududlar bo‘yicha investisiyalar miqdorini ochiqladi
12:56

Davstatqo‘m hududlar bo‘yicha investisiyalar miqdorini ochiqladi


Davlat statistika qo‘mitasi 2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalarning hududlar bo‘yicha o‘sish sur’atlari miqdorini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida Toshkent shahri, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida investision faollik o‘tgan yilga nisbatan pasaygan bo‘lsa-da, poytaxt investisiyalar miqdori bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan.

Sirdaryo viloyati – 127,6 foiz (8,5 trln. so‘m);
Samarqand viloyati – 122,5 foiz (15,6 trln. so‘m);
Qoraqalpog‘iston R. – 118,9 foiz (7,1 trln. so‘m);
Andijon viloyati – 114,6 foiz (9,7 trln. so‘m);
Farg‘ona viloyati – 112,4 foiz (10,7 trln. so‘m);
Xorazm viloyati – 108,7 foiz (6,8 trln. so‘m);
Jizzax viloyati – 106,9 foiz (7,5 trln. so‘m);
Navoiy viloyati – 105,9 foiz (13 trln. so‘m);
Toshkent viloyati – 102,4 foiz (23 trln. so‘m);
Namangan viloyati – 102,0 foiz (10,3 trln. so‘m);
Surxondaryo viloyati – 100,6 foiz (8,5 trln. so‘m);
Buxoro viloyati – 98,5 foiz (15,8 trln. so‘m);
Toshkent shahri – 97,6 foiz (41,1 trln. so‘m);
Qashqadaryo viloyati – 96,0 foiz (11,7 trln. so‘m).


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: bo‘yicha, ochiqladi, miqdorini, investisiyalar, Davstatqo‘m, hududlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя