Главная » 2022 » Ноябрь » 14 » Buni orzu qilgandi, lekin… – Ramos
19:25

Buni orzu qilgandi, lekin… – Ramos


PSJ himoyachisi Serxio Ramos hozirgi formasi, shaxsiy hayoti hamda 2022-yilgi jahon chempionatiga chaqiruv olmagani haqida gapirdi.

Ramos ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida o‘tgan mavsumning qiyin va jarohatlar bilan o‘tgani hamda Parij klubida o‘ynayotganidan baxtli ekanligi haqida xabar yozib qoldirdi. U karyerasidagi beshinchi jahon chempionatida qatnashish uning orzusi ekanligini, ammo endi musobaqani uyda tomosha qilishga to‘g‘ri kelgani haqida qayd etgan. Futbolchi hozirgi hayotidan hech narsani o‘zgartira olmasligini, kuniga 24 soat faqat futbol haqida o‘ylashini aytgan.

Bundan tashqari, u barcha futbol muxlislarga qo‘llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorchilik bildirdi va bo‘lajak Jahon chempionati oldidan Ispaniya terma jamoasiga omad tiladi.

Ma’lumot uchun, Ispaniya Jahon chempionati doirasidagi ilk o‘yinda Kosta-Rika bilan to‘qnash keladi. Mazkur bahs 23-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Orzu, buni, Ramos, lekin, qilgandi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя