Главная » 2020 » Май » 26 » O‘rgimchak odamga aylanishni orzu qilgan aka-ukalar o‘zlarini qoraqurtga chaqtirishdi
20:07

O‘rgimchak odamga aylanishni orzu qilgan aka-ukalar o‘zlarini qoraqurtga chaqtirishdi


Boliviyaning Chayyanta provinsiyasida super qahramonga aylanishiga ishongan uchta aka-uka o‘zlarini zaharli o‘rgimchakka chaqtirishdi. Bu haqda «Daily Star» nashri xabar berdi.

8, 10 va 12 yoshli bolakaylar qoraqurtni o‘zlarini chaqishga majburlashdi. Chunki shundan so‘ng o‘rgimchak-odamga aylanib qolamiz deb o‘ylashgandi. Ushbu super qahramon haqidagi film personajida radioaktiv o‘rgimchak chaqib olgandan so‘ng super qobiliyatlar paydo bo‘ladi.

O‘rgimchak chaqishi oqibatida bolalar kuchli mushak og‘rig‘i, spazm, qorin sanchig‘i, yurak urishi tezlashishidan qiynala boshlagan. O‘g‘illarining yig‘layotganini ko‘rgan onasi ularni zudlik bilan mahalliy shifoxonaga olib borgan. U yerda dori-darmon berishgan, biroq bolalarning ahvoli yaxshilanmagan. Shunda bolalarni Lyalyagua shahar shifoxonasiga o‘tkazishgan, lekin u yerda kichkintoylarning ahvoli battar yomonlashgan. Oxir-oqibat, bolalarni La-Pas bolalar shifoxonasiga olib borishgan. Aka-ukalarga qoraqurt chaqishiga qarshi zardob berishgandan so‘ng ular o‘zlarini yaxshi his qila boshlagan. 5 kundan so‘ng aka-ukalar shifoxonadan chiqqan.

Mamlakat epidemiologiya va sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Virjilio Petro yuz bergan voqea haqida koronavirusga bag‘ishlangan matbuot anjumanida so‘zlab berdi. U ota-onalarni e’tiborli bo‘lishga chaqirdi. Chunki filmlar bolalar uchun haqiqat bo‘lib tuyulishi mumkin.

Ushbu o‘rgimchak bejizga qora beva deb atalmaydi. Urg‘ochi qoraqurt qo‘shilgandan so‘ng erkagini o‘ldirib, yeb qo‘yadi. Qora bevaning zahri shaqildoq ilon zahridan 15 baravar kuchliroq. Odatda bu o‘rgimchaklar tajovuzkor bo‘lmaydi. Garchi ularning zahri halokatli bo‘lsa-da, kamdan-kam hollarda insonning o‘limiga sabab bo‘ladi. Odatda qoraqurt o‘zini himoya qilish maqsadida, masalan, kimdir bexosdan ustiga o‘tirib olganda chaqadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: aka-ukalar, aylanishni, qoraqurtga, o‘zlarini, chaqtirishdi, o‘rgimchak, odamga, Orzu | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя