Главная » 2022 » Октябрь » 18 » Neymar: “Men “Real”ga o‘tishim mumkin edi, lekin…”
17:34

Neymar: “Men “Real”ga o‘tishim mumkin edi, lekin…”


Braziliyalik futbolchi nega Madrid klubiga o‘tmaganini izohladi.

Bugun PSJ forvardi 2013-yilda “Santos”dan “Barselona”ga o‘tish chog‘idagi korrupsiya ishi bo‘yicha sud majlisida gapirdi.

- Oldingi shartnoma 2015-yilgacha amal qilgan bo‘lsa, “Santos” bilan 2014-yilgacha yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarda qatnashdingizmi? Yangi shartnomaga ko‘ra, siz tovon va ish haqini oshirdingiz.

“Bularning barchasini otam qilgan. Men muzokaralarda qatnashmadim va uning aytganlarini imzoladim.

- “Barselona”dan tashqari boshqa klublardan ham takliflar bo‘lganmi?

- “Boshqa klublardan qiziqish borligini bilardim, lekin “Barsa”ga o‘tish mening orzuim edi. 2013-yilda men “Santos”ni tark etib, “Barselona”ga o‘tishga qaror qildim. Menda variantlar ko‘p edi, lekin bolaligimdan “Barsa”da o‘ynashni orzu qilardim.

“Real Madrid”dan taklif bo‘lganini eslayman, ammo boshqa variantlar esimda yo‘q. Oxirgi lahzada “Real” va “Barsa”dan birini tanlashimga to‘g‘ri keldi, lekin men qalbimga quloq soldim va “Barselona”ni tanladim”, — dedi Neymar.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Men, o‘tishim, EDI, Realga, neymar, mumkin, lekin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя