Главная » 2022 » Август » 12 » AQSH rossiyaliklarga viza berishni cheklamaydi — Davlat departamenti
15:50

AQSH rossiyaliklarga viza berishni cheklamaydi — Davlat departamenti


Ruslar uchun viza berish va AQSHga kirishda hech qanday cheklovlar yo‘q. Bu haqda Davlat departamentining vizalar berilishini nazorat qiluvchi vakili Juli Stafft ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Meduza nashri.

AQSHning Moskvadagi elchixonasi hozirda “Rossiya rasmiylari tomonidan elchixona faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar tufayli” viza olish uchun arizalarni qabul qilmayotgan bo‘lsa-da, Rossiya fuqarolari istalgan boshqa davlatdagi AQSH diplomatik vakolatxonasiga murojaat qilishlari va viza olishlari mumkin, deydi Stafft.

Va ular buni muntazam ravishda amalga oshiradi, biz esa buni mamnuniyat bilan qabul qilamiz”, – degan departament vakili.
Ma’lumot uchun:
  • Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy avgust oyi boshida barcha G‘arb davlatlarini Rossiya fuqarolariga viza berishni butunlay to‘xtatishga va G‘arbda bo‘lgan ruslarni Rossiyaga qaytarishga chaqirgan edi.
  • Yevropada hozir Ukrainadagi urush tufayli rossiyaliklarga Shengen vizalarini berishni to‘liq to‘xtatib qo‘yish imkoniyati haqida faol munozaralar olib borilmoqda. Taklif rasman muhokama uchun taqdim etildi; avgust oyining oxirida Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.
  • AQSHning Moskvadagi elchixonasi 2021-yilning may oyidan beri viza olish uchun arizalarni qabul qilmayapti. Qo‘shma Shtatlarda bu kadrlar yetishmasligi bilan izohlangan  — avvalroq Rossiya bu davlatni “do‘st bo‘lmaganlar” ro‘yxatiga kiritgan edi, bu esa rossiyalik xodimlarni diplomatik vakolatxonalarda ishlash uchun yollashni imkonini cheklanishiga olib keldi.
Mavzuga doir: Rossiyaliklarga vizalar berishni taqiqlash haqidagi taklif Yevroittifoqda rasman muhokamaga qo‘yildi

Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: rossiyaliklarga, departamenti, viza, cheklamaydi, davlat, AQSH, berishni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя