Главная » 2023 » Август » 5 » UzAuto shartnoma berishni ishlab chiqarish grafigiga moslashtiradi
12:32

UzAuto shartnoma berishni ishlab chiqarish grafigiga moslashtiradi



UzAuto Motors shartnoma berishni ishlab chiqarish grafigiga moslashtiradi
Bundan keyin maʼlum bir muddatda qancha avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan boʼlsa, shuncha avtomobilga moʼljallab shartnomalar qilinadi. 7 kun ichida puli toʼlanmagan har qanday shartnoma avtomatik ravishda bekor qilinadi.
UzAuto Motors Cobalt, Lacetti, Labo va Damas uchun shartnomalar ochilishini eʼlon qildi va narxlari oshirilgan yangi konfiguratsiyalarni taqdim etdi.Rasmiy eʼlonda avtomobillarni yetkazib berish muddatini qisqartirish maqsadida “ishlab chiqarish jadvaliga muvofiq savdo tizimi joriy etilishi” aytilgan.Kun.uz bu borada aniqlik kiritishni soʼrab, kompaniya matbuot xizmatiga murojaat qildi. Maʼlum qilinishicha, bundan keyin maʼlum bir muddatda qancha avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan boʼlsa, shuncha miqdordagi avtomobillar uchun kontraktatsiya qilinadi.Misol uchun, 3 kun ichida Lacetti uchun 70 mingta shartnoma qilinsa va yilning qolgan qismidagi ishlab chiqarish prognozlari 70 mingtadan oshmasa, shartnoma berish toʼxtatiladi. Bu muddatda ishlab chiqarish oshsagina, qoʼshimcha shartnomalar beriladi.Shuningdek, 7 kun ichida puli toʼlanmagan har qanday shartnomalar avtomatik ravishda bekor qilinadi. Eslatib oʼtamiz, oldindan toʼlov miqdori kamida 50 foizni tashkil etadi.

Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: berishni, ishlab, shartnoma, grafigiga, moslashtiradi, UzAuto, chiqarish | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя