Главная » 2023 » Февраль » 23 » AQSHda otishmalar davom etmoqda. Bu gal necha kishi o‘ldirildi?
14:47

AQSHda otishmalar davom etmoqda. Bu gal necha kishi o‘ldirildi?


AQSHning Florida shtatida bir yigit tomonidan ketma-ket uch marta qurolli hujum uyushtirildi. Otishmalar oqibatida 20 yoshli ayol, to‘qqiz yoshli qiz va bir nafar jurnalist halok bo‘ldi, ikki kishi og‘ir yaralandi. Bu haqda Orlando shahri okrug sherifi Jon Mina ma’lumotlariga tayanib, “Fox26houston” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 22 fevral kuni soat 11 lar atrofida Florida shtatidagi Payn-Xillsda joylashgan Xayalia Drayv ko‘chasida 20 yoshli ayol otib o‘ldirilgan va voqea joyida vafot etgan. 

O‘sha kuni politsiyaga taxminan soat 16:05 atrofida Xayalia Drayv va uning yaqinidagi Xarrington ko‘chalarida yana ikkita otishma bo‘lgani haqida ma’lumotlar kelib tushgan.

Aniqlanishicha, 20 yoshli ayol o‘limi bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganish uchun otishma joyiga yetib kelgan “News 13” telekanali muxbiri va fotografi ham o‘z avtomobilida o‘qqa tutilgan. Jurnalistlardan biri kasalxonaga olib ketilayotganida vafot etgan, ikkinchisi esa og‘ir ahvolda qolmoqda.

Shuningdek, Xarringtonda 9 yoshli qiz va uning onasi ham o‘z uylarida otib ketilgan. Sherif Minaning aytishicha, 9 yoshli qizaloq vafot etgan, onasi esa shifoxonaga yotqizilgan, uning ahvoli og‘ir.

Ushbu uchta qurolli hujumni uyushtirganlikda gumonlanib, 19 yoshli yigit qo‘lga olingan. Otishma sabablari noma’lum. 

Eslatib o‘tamiz, AQSHning Missisipi shtatida bir nechta otishma sodir etilgan va 6 kishi halok bo‘lgan edi. AQSH Prezidenti Jo Bayden Missisipidagi ommaviy otishmadan keyin qurolli zo‘ravonlikni “epidemiya” deb atagan va qurol qonunchiligini isloh qilishga chaqirgandi. Oq uy bayonotiga ko‘ra, 2023 yilning dastlabki 48 kuni davomida mamlakatda kamida 73 ta ommaviy otishma sodir bo‘lgan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: kishi, bu, o‘ldirildi?, necha, davom, etmoqda, AQSH, GAL, otishmalar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя