Главная » 2022 » Октябрь » 28 » Yevropa kengashi rahbari O‘zbekistonga keldi
12:22

Yevropa kengashi rahbari O‘zbekistonga keldi


Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel O‘zbekistonga keldi.

U Qozog‘iston prezidenti taklifiga binoan Ostonada 26-27-oktyabr kunlari Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari uchrashuvida ishtirok etdi, shundan so‘ng, O‘zbekistonga yo‘l oldi.

Qayd etilishicha, 28-oktyabrda u Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazadi. Mamlakatning Yevropa Ittifoqi bilan ikki va ko‘p tomonlama hamkorligiga oid masalalarning keng doirasi ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, oliy martabali mehmon Samarqand shahriga ham tashrif buyuradi.

Ma’lumot uchun, Sharl Mishel Belgiya hamda Yevropadagi davlat va siyosat arbobi hisoblanadi. U 2019-yil 1-dekabrdan Yevropa kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritmoqda. U 2014-2019-yillarda Belgiya bosh vaziri ham bo‘lgan.

Qayd etish mumkin, Sharl Mishel oktyabr oyi boshida Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekistonga tashrif buyurib, Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muzokara o‘tkazishi haqida o‘zining “Twitter” sahifasida ma’lum qilgan edi.

“Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo bilan aloqalarni chuqurlashtirish va mintaqaviy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashga tayyor”, – deya yozgan edi u.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: O‘zbekistonga, Yevropa, kengashi, rahbari, keldi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя