Главная » 2022 » Ноябрь » 15 » FIFA bosh kotibi Fatma Samura Oʻzbekistonga keldi
19:24

FIFA bosh kotibi Fatma Samura Oʻzbekistonga keldi


FIFA bosh kotibi Fatma Samura Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati bilan uchrashdi. Uchrashuvda FIFA hamda OʻFA oʻrtasidagi oʻzaro ishonchga asoslangan keng qamrovli hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

Dastlab Oʻzbekiston futbolida amalga oshirilayotgan islohotlar va oʻzgarishlar, qoʻlga kiritilayotgan sezilarli yutuqlar haqida soʻz yuritildi.

Oʻz oʻrnida, FIFA Bosh kotibi Oʻzbekistonda futbolni targʻib etish va qoʻllab-quvvatlash borasidagi davlat siyosatini yuksak baholadi.

Uchrashuvda, shuningdek, FIFA bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Tashkilot kelgusida ham Oʻzbekistonda xalqaro darajadagi futbol infratuzilmasini yaratish, uslubiy taʼminot, iqtidorli yosh futbolchilarni qoʻllab-quvvatlash, yuqori malakali mutaxassislar, murabbiylar va hakamlarni tayyorlash boʻyicha koʻmak berishga tayyor ekanligi maʼlum qilindi.

OʻFA rahbariyati FIFA bilan yaqin, keng koʻlamli hamkorlik dasturlari va loyihalarini amalga oshirishdan har doim mamnun ekanligini taʼkidlab oʻtdi. Fatma Samura FIFA Oʻzbekiston bilan keng koʻlamli sheriklikni rivojlantirish hamda amaliy hamkorlikka qaratilgan yangi dastur va loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayyorligini taʼkidladi.

Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: kotibi, Oʻzbekistonga, Fatma, keldi, bosh, Samura, FIFA | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя