Главная » 2022 » Ноябрь » 7 » Butunjahon turizm tashkiloti Bosh kotibi O‘zbekistonga keldi
11:47

Butunjahon turizm tashkiloti Bosh kotibi O‘zbekistonga keldi


Butunjahon turizm tashkiloti Bosh kotibi O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

BMTning Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh kotibi Zurab Pololikashvili O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Uni Samarqand xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov kutib oldi.

Pololikashvili O‘zbekiston II iqtisodiy forumida ishtirok etish uchun Samarqanddagi iqtisodiy forumga tashrif buyurgan. Qayd etilishicha, 2023 yilda O‘zbekistonda Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh assambleyasining 25-yubiley sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbirlar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

Tadbir so‘nggida Zurab Pololikashvili va Aziz Abduhakimov Samarqanddagi “Abadiy shahar” majmuasiga tashrif buyurishdi.

Shuningdek, mehmon “Konigil” turizm qishlog‘iga keldi hamda bu yerning sayyohlik salohiyati bilan yaqindan tanishdi. Shu bilan birga, Aziz Abduhakimov va Zurab Pololikashvili futbol bo‘yicha Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘l olgan karvon ishtirokchilarini bilan uchrashdi.

UNWTO bosh kotibi Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov hamrohligida Samarqanddagi Registon majmuasi, Amir Temur maqbarasi va Ulug‘bek madrasasida ham bo‘ldi. Gruziyalik mehmon Toshkentda taniqli gruzin ijodkori Shota Rustaveli haykali poyiga gul qo‘ydi va uning xotirasiga hurmat bildirdi.

Zurab Pololikashvili hamda Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov 6 noyabr kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga keldi.

Bundan tashqari, Zurab Pololikashvili, Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov hamda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev “Amirsoy” tog‘-chang‘i majmuasi hududida ko‘chat ekishdi.

BMTning Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh kotibi Zurab Pololikashvili O‘zbekistoning sayyohlik salohiyati va madaniy maskanlari haqidagi ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“O‘zbekiston tobora qiziqarli va rang-barang sayyohlik maskaniga aylanib borayotganini ko‘rish chinakam zavq bag‘ishladi. Yangi “O‘zbekiston bog‘i”ga tashrifim menga mamlakatning uzoq va boy tarixini asrab-avaylashda turizm naqadar muhim rol o‘ynashini ko‘rsatdi. Haqiqatan ham ilhomlantiruvchi! Samarqanddagi Registonga tashrifimiz ham hayratda qoldi. Tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha bunday g‘ayrioddiy harakat bilan tabriklayman. Aynan ularning sharofati bilan bugun shahar aholisi va mehmonlari tarix go‘zalligidan bahramand bo‘lmoqda”, — deydi Zurab Pololikashvili.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: bosh, kotibi, tashkiloti, O‘zbekistonga, Butunjahon, turizm, keldi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя