Главная » 2023 » Январь » 26 » Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi
23:13

Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi


Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Yevropa davlatlarida Qur‘on kitobi yoqilgani va yirtib tashlanganini qoraladi. Bu haqda Iran Press xabar berdi.

Xomanaiyning so‘zlariga ko‘ra, so‘z erkinligi shiori ostida amalga oshirilayotgan bunday harakatlar Islom va Qur’on dunyoda asosiy nishon ekanini ko‘rsatadi.

“Bunday fitnalarga qaramay, kelajak islom tegishli”, — ta’kidladi oliy rahnamo.

U dunyo bo‘ylab erkinlik izlovchilarni muqaddas narsalarni haqorat qilish va nafrat tarqatishdek “yovuz siyosat”ga qarshi musulmonlar bilan birga turishga chaqirdi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ham Stokgolmda Qur’on yoqib yuborilganiga munosabat bildirib, Shvetsiya endi NATOga a’zolikda qo‘llab-quvvatlanmasligini aytdi. 

“Turkiyaning Stokgolmdagi elchixonasi oldida bunday sharmandalikka yo‘l qo‘yganlar NATOga a’zo bo‘lish haqidagi arizalarida bizdan hech qanday iltifot kutmasligi kerak. Shvetsiya Turkiyani, shuningdek, musulmonlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilmasa, NATOga a’zo bo‘lish borasida bizdan hech qanday yordam olmaydi.

Shvetsiyada sodir etilgan jirkanch harakat musulmonlarning huquq va erkinliklarini hurmat qiladigan har bir shaxsga nisbatan haqoratdir. Agar Shvetsiya terrorchi tashkilot a’zolari va Islom dushmanlarini shu qadar qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lsa, biz unga o‘z mamlakati mudofaasini ularga ishonib topshirishni maslahat beramiz”, — degan Turkiya rahbari.

21-yanvar, shanba kuni Shvetsiyaning ultrao‘ngchi “Qattiq kelishuv” partiyasi yetakchisi Rasmus Paluda Turkiyaning Stokgolmdagi elchixonasi yonida Qur’onni omma oldida yoqib yubordi.

Shvetsiya rasmiylarining harakatlariga javoban Anqara Shvetsiya mudofaa vaziri Pal Jonsonning Turkiyaga kutilayotgan tashrifini bekor qildi.

Shvetsiyaning Anqaradagi elchisi Staffan Xyorrstrem Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, Shvetsiya rasmiylari tomonidan Stokgolmdagi Turkiya elchixonasi oldida Qur’onni yoqish uchun aksiya o‘tkazishga ruxsat berilgani munosabati bilan unga keskin norozilik bildirildi. Shvetsiya hukumati tomonidan Qur’onni tahqirlash aktini amalga oshirishga ruxsat berilgani ko‘plab islom davlatlarining keskin salbiy munosabatiga sabab bo‘ldi.

23-yanvar kuni Niderlandiyada “Vatanparvar yevropaliklar G‘arbning islomlashuviga qarshi” (PEGIDA) harakati yetakchisi Edvin Vagensveld Gaagadagi Niderlandiya Vakillar palatasi binosi oldida Qur’on kitobini omma oldida yirtib, yoqib yuborgan.

Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Yevropa, Eron, Oliy, davlatlarida, Qur’onning yoqib yuborilishiga muno, rahnamosi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя