Главная » 2022 » Ноябрь » 12 » Ulug‘bek Qodirov o‘zbek-belarus qo‘shma kinoloyihasida bosh rolni ijro etadi
18:47

Ulug‘bek Qodirov o‘zbek-belarus qo‘shma kinoloyihasida bosh rolni ijro etadi


Listopad kinofestivali doirasida o‘zbek-belarus qo‘shma loyihasida taniqli kinoaktyor Ulug‘bek Qodirov “Kazbek” filmidagi bosh rolga tasdiqlandi.

Minskda bo‘lib o‘tayotgan “Listapad” kinofestivalida kinoaktyor Ulug‘bek Qodirov bilan “Kazbek” o‘zbek-belarus filmida ishtirok etish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Filmda Mamadali Topivoldiyev-Kazbek obrazini Ulug‘bek Qodirov ijro yetadi.

Uch tomonlama shartnomani “O‘zbekfilm” kinokonserni direktori Bahodir Odilov, aktyor Ulug‘bek Qodirov hamda “Belarusfilm” kinostudiyasi bosh direktori Vladimir Karachevskiy imzoladi.

Kartinani suratga olish ishlari shu yilning dekabr oyida boshlanishi rejalashtirilgan. Film rejissyori Muhamad Ali Iskandarov.

Kinoaktyor Ulug‘bek Qodirov o‘zining ushbu loyihadagi ishtiroki haqida shunday deydi:

– “Filmda bosh rolni  – Vatanimiz qahramoni,jasur inson Mamadali Topivoldiyev  rolini o‘ynayotganimdan nihoyatda faxrlanaman. Bu men uchun  katta sharaf va mas’uliyatdir. Ushbu rol mening II jahon urushi haqia olinayotgan filmdagi ilk ishtirokim,  birinchi tajribam. Biroz hayajondaman. Rolga tayyorgarlikni allaqachon boshlaganman.”

Aktyorning aytishicha, u muntazam ravishda sport zaliga tashrif buyurib, jiddiy shug‘ullanmoqda. Chunki millat qahramoni qiyofasini ishonchli yaratish u uchun juda muhim.

“Listopad” kinofestivalda ishtirok etayotgan O‘zbekiston  Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi va “Kazbek” filmi ijodiy jamoasi suratga olish rejalashtirilgan joylarda bo‘ldi. Film qahramonlari uchun kerakli kostyumlar tanlash ham amalga oshirildi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: O‘zbek, bosh, Ulug‘bek, Qodirov, rolni, kinoloyihasida, ijro, qo‘shma, Belarus, etadi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя