Главная » 2023 » Май » 22 » O‘zbek kino san’ati og‘ir judolikka uchradi
16:57

O‘zbek kino san’ati og‘ir judolikka uchradi


Kecha, 18 may kuni Teatr va kino aktyori, rejissyor, yozuvchi Rustam O‘razayev 65 yoshida Moskvada vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, aktyorning o‘limiga uzoq davom etgan xastalik sabab bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Rustam O‘razayev 1958 yil 21 yanvarda Toshkentda tug‘ilgan. Badiiy bilim yurtining dizayn va badiiy bezak bo‘limi va Toshkent davlat universitetining tarix fakultetida o‘qigan.

Rustam O‘razayev aktyorlik faoliyatini 1974 yilda boshlagan. Mamlakatning turli kinostudiyalarida ishlagan. U teatr va kinoda 50 dan ortiq rollarni ijro etgan. U “Tabib”, “Alban taxallusi”, “Iz”, “Qilich”, “Ayollar hikoyalari”, “Beshinchi qo‘riqchi” kabi filmlarda rol o‘ynagan va “O‘rgimchak To‘ri 11” (2017) filmining rejissyori bo‘lgan. Oradan vaqt o‘tib, Rustam O‘razayev faoliyatini Rossiyada davom ettirgan.

Kinoshunos, jurnalist Shohira Hamroning aytishicha, Rustam O‘razayev “Olov ichida farishta”, “Shok” filmlarida ham rol ijro etgan.

“Film “zapret”ga tushganidan keyin O‘zbekistondan hafsalasi pir bo‘lgan, shekilli. U fransuzlarning filmlarida ham tushgandi”, deydi u.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbek, judolikka, og‘ir, uchradi, kino, san’ati | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя