Главная » 2022 » Ноябрь » 23 » Turkiya hududidan ilk marta Rim legionerlarining nekropoli topildi
11:38

Turkiya hududidan ilk marta Rim legionerlarining nekropoli topildi


Turkiyaning qadimiy Satala shahrini tadqiq etgan arxeologlar bu yerga Rim imperiyasi davrida legionerlar dafn qilinganini aniqladilar. Legionerlar nekropoli ko‘p qavatli bo‘lib, uning yuqori qismida Vizantiya, pastki qismida esa Rim askarlarining qabri joylashgan.

Arxeologlar hududdan ko‘plab artefaktlar, jumladan “Diplomat” deb nomlangan 2000 yillik bronza bo‘lagi ham topishgan. Uni legionerlarga 25 yillik xizmatni tugatganlaridan keyin taqdim etganlar. Hududdan qurol-yaroqlar, aslahalar, sopol buyumlar, teatr niqoblari va Rim tangalari ham topilgan.

Olimlar endilikda nekropoldan topilgan odam suyaklarini sinchiklab o‘rganishmoqchi. Ularning aytishlaricha, DNK tahlillarini o‘tkazish o‘lim sabablarini aniqlashga yordam beradi.

Ma’lumot uchun, Rim imperiyasi davrida Anatoliya uning tarkibida bo‘lgan. Rim imperiyasining 15-legioni 600 yil davomida shu yerda joylashgan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: RIM, topildi, Turkiya, legionerlarining, nekropoli, ilk, Marta, hududidan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя