Главная » 2016 » Декабрь » 11 » Turkiya dollardan voz kechmoqchi
15:36

Turkiya dollardan voz kechmoqchi


Rossiya rahbari Vladimir Putin va Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘rtasidagi bir yil avvalgi muhokamalar chog‘ida Turkiya tomondan eksport va import amaliyotini milliy valyutada amalga oshirish taklifi bildirilgan.
 
Rossiya va Turkiya o‘rtasida milliy valyutada savdo operatsiyalarini amalga oshirishni boshlash haqidagi muhokamalar bir yildan buyon olib borilmoqda. Turkiya rahbari bu boradagi muzokaralar davlat rahbarlari darajasida olib borilganini ma’lum qilgan. Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi savdo aylanmasi avval 35 milliard dollargacha yetganini qo‘shimcha qildi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar bermoqda.
 
“O‘zaro savdoda rubl yoki liraga o‘tilsa, iqtisodiyotda jiddiy ijobiy o‘zgarishlar yuz beradi”, deydi Erdo‘g‘an.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, milliy valyutada savdo qilish masalasi Eron va Xitoy hukumati bilan ham muhokama qilingan.
 
Rajab Toyib Erdo‘g‘anning aytishicha, Turkiya ancha vaqtdan buyon milliy iqtisodiyotga bosim o‘tkazayotgan turli omillarni bartaraf etish maqsadida, o‘zaro savdoda milliy valyutani qo‘llash borasida ish olib borishni boshlagan.
 
Turkiya xalqi ham o‘zidagi xorijiy valyutani milliy valyutaga yoki oltinga almashtirish lozimligini aytib o‘tgan Rajab Toyib Erdo‘g‘an bu harakat orqali milliy valyuta qadr-qimmati mustahkamlanishini ta’kidladi.

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Turkiya, Dollar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя